Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilOʻzbekistonRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
Iqtisodiyot

Qaysi korxonalar elektr energiyasi uchun 15% avans toʻlashi mumkin

«Namunali isteʼmolchilar» maqomidagi korxonalar oy boshlanishidan oldin elektr energiyasi qiymatining 15 foizini, qolganini esa hisob-kitob davrida boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.

24-noyabr, 13:55По-русски

Read in English

Globetrotter19 / Wikimedia Commons

«Hududiy elektr tarmoqlari» «namunali isteʼmolchilar» uchun shartnomada koʻrsatilgan elektr energiyasi qiymatining 15 foizi miqdorida avans toʻlovi amal qilishini maʼlum qildi. Korxona qolgan summani hisob-kitob oyi davomida oʻz ehtiyojidan kelib chiqib, boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.

Imtiyoz barcha tadbirkorlarga berilmaydi. Undan foydalanish uchun kompaniya elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan, masofadan boshqariladigan hisoblagichdan foydalanadigan, muddati oʻtgan qarzdorligi va elektr energiyasidan foydalanish hamda uni hisobga olish qoidalarini buzish holatlari boʻlmagan boʻlishi kerak. Soʻnggi ikki oyda toʻlov intizomiga rioya qilmagan korxonalar bu mexanizmdan foydalana olmaydi.

Kamaytirilgan avans toʻloviga boʻlgan huquq hisobga olish va hisob-kitob tizimidagi maʼlumotlar asosida avtomatik belgilanadi. Alohida ariza topshirish yoki qoʻshimcha bitim tuzish talab etilmaydi. Kompaniya mexanizmni joriy etish boʻyicha texnik ishlar yakunlanganini maʼlum qildi.

Ayrim hududlarda 100 foiz avans toʻlovi talab qilingani haqidagi xabarlarni oʻrganish va ularga huquqiy baho berish vaʼda qilindi. Mezonlarga javob berib, ammo imtiyoz berilmagan korxonalar «Hududiy elektr tarmoqlari»ga 1154 raqami orqali murojaat qilishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media