Tramp Huangning Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytishini baholadi
Donald Tramp Truth Social tarmogʻida Nvidia direktorlar kengashining Jensen Huangni bosh direktor lavozimiga qaytarish haqidagi qarorini toʻgʻri deb atadi.

AQSh prezidentining soʻzlariga koʻra, Huangning yetakchiligi ham kompaniya, ham Amerika iqtisodiyoti muvaffaqiyati uchun muhim.
Tramp bosh prokurorning maʼlumotlariga koʻra, hukumatda Huangning qonunga xilof harakatlari boʻyicha dalillar yoʻqligini, uning qaytishi esa milliy xavfsizlikka tahdid tugʻdirmasligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, prezidentning fikricha, Nvidia eksport nazorati qoidalariga rioya etilishi boʻyicha ichki tekshiruvni yakunlashi kerak.
Direktorlar kengashi 23 noyabr kuni, Huang isteʼfoga chiqqanidan 11 kun oʻtib, uni lavozimiga bir ovozdan qayta tikladi. Savdolar boshida Nvidia aksiyalari taxminan 31 foizga — 130 dollardan 169 dollargacha — koʻtarildi.
Huang kompaniyaga 1993 yilda tashkil etilganidan beri rahbarlik qilib kelgan. 12 noyabr kuni u nikohdan tashqari aloqalar, jumladan, CCTVning sobiq jurnalisti va Megaspeed International kompaniyasining sobiq rahbari Elis Huang bilan bogʻliq mojaro fonida lavozimini tark etdi.






