Eron «MDH+» formatiga birinchi boʻlib qoʻshilishi mumkin
Eronning «MDH+» formatida ishtirokchi maqomini olishi masalasi koʻrib chiqilmoqda. Tashabbus MDH davlatlari tomonidan asosan ijobiy baholandi, dedi Sergey Lebedev.
27-noyabr, 17:43По-русски

Press Service of the President of the Republic of Azerbaijan / Wikimedia Commons
MDH bosh kotibi Sergey Lebedev Eron «MDH+» formatidagi birinchi mamlakat boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi. Mamlakatga bunday maqom berish boʻyicha qaror hali qabul qilinmagan.
Eron prezidenti Masud Pezeshkian 9-oktabr kuni Turkmanistonning Avaza turistik zonasida oʻtkazilgan MDH sammitida ilk bor qatnashdi. Uchrashuvda u formatga qoʻshilishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Lebedevning soʻzlariga koʻra, Hamdoʻstlik davlatlarining bu tashabbusga dastlabki baholari asosan ijobiy boʻlgan.






