AQSh bolalariga SpaceXʼdan ikkitadan aksiya vaʼda qilindi: birini kompaniya, ikkinchisini Mask beradi
Tadbirkor Ilon Mask AQShdagi bolalarga SpaceXʼning ikkitadan aksiyasini vaʼda qildi: birini kompaniya beradi, ikkinchisini esa u oʻz hisobidan toʻlaydi.
27-noyabr, 13:03По-русски

mk.ru
SpaceXʼning bitta aksiyasi 127 dollar deb baholansa, 72 million amerikalik bolaga aksiya tarqatish qiymati 18 milliard dollardan oshishi mumkin. Mask bu vaʼdasi haqida X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
U oktabr oyida bolalarga bittadan aksiya berishni vaʼda qilgan edi. Endi uning aytishicha, qimmatli qogʻozlarning birinchisini SpaceX taqdim etadi, ikkinchisini esa u oʻz hisobidan beradi.






